Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Belarusning Gomel viloyatida mahalliy chegarachilar va Rossiyadan deportatsiya qilingan “Vagner” jangarilari o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi. Bu haqda mahalliy manbalarga tayanib, Ukraina Milliy qarshilik markazi xabar berdi.

Foto: Smartpress

Gostomel viloyatining Narovlya shahrida “Vagner”ning frontning oldi chizig‘ida jang qilgan guruhlarini joylashtirish ishlari boshlangan.

“ ‘Vagnerchi’lar 19-iyul kuni Ukraina bilan chegaraga yaqin joylashgan Dyatlik qishlog‘i yaqinida razvedka amaliyotini (hududni o‘rganish) o‘tkazgan”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, aynan shu vaqt yollanma askarlar va Belarus chegarachilari o‘rtasida to‘qnashuv bo‘lib o‘tgan. Shundan keyin chegarachilar orqaga chekingan va “vagnerchi”larga xalaqit bermagan.

Prigojin Belarusda “vagnerchi”larga murojaat qildi

“Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojin 19-iyul kuni Belarusga kelgan yollanma askarlarga murojaat qilgandi. U frontdagi voqealarni sharmandalik deb ta’kidlagan.

“Hozir frontda sodir bo‘layotgan voqealar sharmandalik, unda ishtirok etishimiz shart emas. O‘zimizni to‘liq isbotlay oladigan vaqtni kuting. Shuning uchun Belarusda bir muddat bo‘lishga qaror qilindi”, — degan u.

Shuningdek, Prigojin “Vagner” Belarus armiyasini “dunyoning ikkinchi armiyasiga aylantirishi, agar kerak bo‘lsa, ularni himoya qilishini bildirgan. U yollanma askarlardan belaruslar ularni “nafaqat qahramonlar, balki aka-uka” sifatida ham kutib olishganiga e’tibor qaratishni so‘ragandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »