Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Davlat xaridlari tizimi islohottalab sohaga aylanib borayotgani hech kim uchun yangilik emas. O‘tgan yillarda amalga oshirilgan bir qator ijobiy o‘zgarishlarga qaramay, tadbirkorlar hali hamon ayrim sun’iy to‘siq va “o‘yinlar” qurboniga aylanmoqda. Shu munosabat bilan “Daryo” nashri hamda “Davlat xaridlari ishtirokchilari uyushmasi” hamkorlikda tizimda yuzaga kelayotgan kamchiliklar, asosiy muammolar va qonunsizlikka yo‘l qo‘yayotgan holatlar to‘g‘risidagi ikkinchi maqolasini taqdim etadi.

1-maqola: Nazorat yo‘q, alohida vakolatli organ yetishmaydi, raqobatsiz savdolar va ortiqcha garov puli — Davlat xaridlari tizimi islohotga muhtoj(mi?)

Buyurtmachilar doimiy yetkazib beruvchilar doirasini sun’iy qisqartirishda davom etmoqda. Qanday qilib? 

Qisqartirishlar, asosan, tender predmeti yoki ishtirokchisiga nisbatan talabning kuchaytirilishi oqibatida sodiq bo‘lmoqda. Ishtirokchidan asossiz ravishda turli hujjat va sertifikatlar taqdim etish so‘ralib, buning barobarida uni savdodan chetlashtirish holatlari yuz bermoqda.

Aniq misollarda ko‘rib chiqamiz. Masalan, etender.uzex.uz elektron saytidagi 274784-raqamli lot.

Skrin: etender.uzex.uz

Birinchi holat. Ishlab chiqaruvchining avtorizatsiya xati — klassika. Avtorizatsiya (ingliz tilidan “authorization” — ruxsat, vakolat) — biror shaxs yoki guruhga ma’lum bir harakatni amalga oshirish huquqini berish. Avtorizatsiya xati tenderda xarid qilinadigan tovar ishlab chiqaruvchisi tomonidan ixtiyoriy beriladigan hujjat bo‘lib, hujjat egasi bu orqali ishlab chiqaruvchining qonuniy dilleri ekani va tender savdosining shartlarini muddatida bajarish, o‘rnatish, xizmat ko‘rsatish va boshqa shartlarni amalga oshira olishini tasdiqlaydi.

Skrin: etender.uzex.uz

Bu xat A kompaniyaning B kompaniyaga tovarni erkin sotishiga imkon beradi. Buyurtmachi bunday avtorizatsiya xatidan hech qanday foyda olmaydi, lekin shu yo‘l bilan yetkazib beruvchilar doirasini mohirona kichraytiradi. Buyurtmachi bu harakatni davlat pulini musodara qilish, buyurtmachi va yetkazib beruvchi orasidagi kelishuvni qo‘llash yoki faqatgina ishonchli mahsulotni yetkazib beruvchidan olish maqsadida qilyaptimi, bu biz uchun noma’lum. Shunisi aniqki, bunday xat ham yetkazib beruvchining, ham mahsulotning ishonchliligiga kafolat bermaydi. Raqobat qo‘mitasidan olgan xatimizda bu talablar noqonuniy ekani tasdiqlandi. Shunga qaramay, buyurtmachilar bunday talablarni qo‘yishda davom etmoqda. Bu holatlarni kim o‘rganib chiqadi, kim chora ko‘radi? Aksariyat hollarda bu kabi mayda detallar tegishli organlar e’tiboridan chetda qolib ketmoqda, bu esa tizimni nazorat qilib turuvchi alohida tashkilotga ehtiyoj borligini yana ko‘rsatib bermoqda.

Ikkinchi holat. Ishlab chiqaruvchidan ishonchnoma — bu ham anchadan buyon mavjud bo‘lgan talab, klassikaga aylangan. Ishonchnoma yuqoridagi talabga o‘xshab ketadi, ammo bu yanada murakkabroq. Misol tariqasida 3 million dollarlik lotni ko‘ramiz. 

Skrin: etender.uzex.uz
Skrin: etender.uzex.uz

Tenderni baholash mezonlari orasida ushbu ishonchnoma shakli mavjud ekaniga e’tibor bering. 

Bu hujjat quyidagi yo‘riqnoma va hujjatlarni taqdim etish majburiyatini o‘z ichiga oladi:

  • tovarni me’yoriy-texnik hujjatlar talablariga muvofiq (xalqaro standartlarga muvofiq) tayyorlash;
  • tovar yetkazib berganda sifat sertifikatlari va muvofiqlik sertifikatlari taqdim etish;
  • tovar yetkazib berganda qabul qiluvchi taraf uchun xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha yo‘riqnomalar. 

Ishlab chiqaruvchi zavoddan bunday ishonchnomani olish mushkul masala, buning ustiga yuqoridagi talablar bo‘lsa. 

“Bu holat boshqa yetkazib beruvchilar ishtirokini cheklash uchun qilinmoqda va bundan buyurtmachiga hech qanday manfaat yo‘q”, — deydi “Tenderzone” rahbari Kamol Niyozov.

Boshqa bir misolda Markaziy bank tender e’lon qilgan va uning talablari quyidagicha:

Skrin: etender.uzex.uz

Birinchidan, ishlab chiqaruvchi zavoddan ishonchnoma masalasi — yetkazib beruvchilarga bunday ishonchnoma nega kerak? Axir ular faqatgina pul sanaydigan qurilmani yetkazib beradi, xolos. Barcha sertifikat va pasportlarni hech qanday ishonchnomasiz ham yetkazib berish mumkin-ku.

Ikkinchisi, bu talablardagi yangilik — 4 ta sertifikatsiyaga ega injenerlar uchun avtorizatsiya xati, buyruqlar va mehnat daftarchalaridan nusxalar, diplom va ishlab chiqaruvchi tomonidan xizmat ko‘rsatish uchun berilgan sertifikatlar.

Skrin: etender.uzex.uz

Agar shtatda 3 ta injener bo‘lsa va ular 100 ta apparatga xizmat ko‘rsata olsa ham, tadbirkor tenderda ishtirok eta olmaydi. Sababi tender shartlariga ko‘ra, unda bunday mutaxassislardan 4 nafar bo‘lishi kerak va har biri uchun quyidagilarni taqdim etish kerak:

  • avtoratatsiya xati;
  • buyruq nusxalari;
  • mehnat daftarchasi nusxalari (bu hujjat bekor qilingan bo‘lib, elektron ko‘rinishga o‘tganidan Markaziy bankning xabari bo‘lmasa kerak);
  • diplomlar;
  • ishlab chiqaruvchi tomonidan ishchi injenerlarga berilgan sertifikat.

Bu holatlar yillar davomida takrorlanib, fuqarolarning davlat xaridlari va tenderlarga bo‘lgan ishonchi poymol bo‘lishiga, u yerda barchasi “qo‘lga olingan” deb hisoblashiga olib kelmoqda. Davlat xaridlarining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, savdolarda 18 ming tadbirkor faol ishtirok etib kelmoqda. Aslida respublikadagi jami tadbirkorlar soni 580 ming nafar. Bu bor-yo‘g‘i 3 foiz tadbirkor davlat xaridlarida ishtirok etyapti, degani. 

Fikrlarimiz so‘ngida “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunning 5-moddasini eslatib o‘tamiz:

Skrin: lex.uz

Moliya vazirligi, Hisob palatasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasidan ushbu holatga e’tibor qaratib, tegishli munosabat berishni so‘raymiz.

Abduqahhor Qosimov
Muxbir:

Abduqahhor Qosimov

Mavzuga doir
Izoh

Эркин

20.07.2023, 20:02

Ассалому алайкум хурматли Абдукаххор ака. Сизнинг маколаларингизни мунтазам кузатиб бораман.
Давлат харидларнинг айрими нотугри амалга оширилган харидлар, баъзида эса атайлаб купол равишда ноконуний амалга оширилган харидларга узим хам тадбиркор сифатида гувохи булиб тураман. Узим хам шунака нохаклик курбони булганимда кераклик давлат ташкилотларига мурожаат киламан. Лекин минг афсуслар булсинким ушбу мурожаатларимни диярли хаммаси мен кутган натижа бермайди. Яъни, узоги билан, ошиб борса амалга оширилган давлат хариди бекор килинади лекин мансабдор шахсларга хеч кандай жазо кулланилмасдан колаверади. Бунинг окибатида жазосиз колган шахслар урнатилган уйин коидасини узларининг манфаатлари йулида атайлаб яна уша номакбул ишларини давом этаверишадилар.
Мен истардимки. Давлатимиз шу каби мансабдор шахсларни жазодан кутилиб колиши мумкин булган барча йулларини бекитиб ташлашларини ва жазони тулик таъминланишини назорат килиш механизмини ишлаб чикилиши тарафдориман.

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »