Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida yer maydonlari noqonuniy sotilishining oldi olindi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Ma’lum qilinishicha, departamentning Xatirchi tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda “P.N.” fermer xo‘jaligi rahbari N.P. xo‘jalikning 1,4 gektar sug‘oriladigan yer maydonini fuqaro Sh.Sh.ga go‘yoki tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limida ishlovchi tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 200 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, departamentning Guliston tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro T.E. o‘ziga sabzavotchilik yo‘nalishida fermer xo‘jaligi tashkil etish uchun ajratilgan 5,8 gektar sug‘oriladigan yer maydonini fuqaro B.D.ga 16,5 ming dollarga sotishga kelishib, tanishlari yordamida rasmiylashtirib berishni vaʼda qilib, oldindan 9,9 ming dollar va 1,15 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-6-moddasi (sug‘oriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga bo‘lgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda o‘zga shaxsga berish) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Noqonuniy yer savdolari

Aprel boshlarida Navoiyda 80 gektar yerni 1 milliard so‘mga sotishga uringan shaxslar qo‘lga olingani, Samarqand va Farg‘onada noqonuniy yer sotish holatlariga chek qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Buxoro viloyatida yer maydonlari savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etilgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »