Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududida 2023-yil noyabr oyigacha yangi maishiy chiqindi poligoni tashkil etiladi. Bu haqda Ekologiya vazirligi uyushtirgan press-tur davomida Toshkent shahar “Maxsustrans” ishlab chiqarish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Ismoil Sa’dullayev ma’lum qildi.

Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Aytilishicha, “Maxsustrans” unitar korxonasiga hukumat turli texnika va transportlar sotib olish, yangi poligon qurish uchun kredit ajratgan.

“Davlat bizga 69 million dollarlik imtiyozli kredit bergan. Buning hisobidan 341 ta yangi texnika va shahar bo‘ylab joylashtirish uchun 18 mingta chiqindi qutisi sotib oldik. Bizning maxsus trans shaharning 72 foiziga xizmat qiladi. Kuniga 2 300—2 400 tonna chiqindi yetib keladi. Har kuni 260 ta transport ertalabki 6 dan kechki 18 gacha ish faoliyatida bo‘ladi, bundan tashqari, tumanlarda 2–3 tadan navbatchi ekipajlarimiz bor. Ular, asosan, fuqarolar tomonidan belgilanmagan hududlarga tashlab ketilgan chiqindilarni yetkazib berish bilan shug‘ullanadi. Hozir prezident qarori ijrosi bo‘yicha saralash uchun mo‘ljallangan turli rangdagi qutilar foydalanishga topshirilgan. Ya’ni qog‘oz mahsulotlar, plastik chiqindilari va nomahsulotlar ajratilgan, chunki ular alohida joylarda utilizatsiya qilinadi. Bundan tashqari, qurilish chiqindilari uchun alohida transport ajratganmiz”, — deb aytdi Ismoil Sa’dullayev.

Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Boshqarma boshlig‘ining ta’kidlashicha, berilgan kredit asosida Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan 15 million dollarlik yangi poligon qurilmoqda.

Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

“Poligon 2023-yil oxirigacha ishga tushadi. U asosan chiqindilarni saralash va qayta ishlashga mo‘ljallangan bo‘ladi. Bu yerda chiqindilar avval saralanadi, so‘ng ikki metr chiqindi va yarim metr tuproq bilan yopilib, utilizatsiya qilinadi. Bundan tashqari, 2024-yil iyun oyigacha chiqindilarni yoqib, ularning gazidan elektr energiyasi oladigan yangi poligon quriladi. Bu bo‘yicha Janubiy Koreya kompaniyalari bilan hamkorlik qilyapmiz. Bu usulning yaxshi tarafi shundaki, yerosti suvlariga hech qanday zarar yetmaydi, atmosferaga chiqayotgan gazlarni yo‘q qiladi”, — deya tushuntirdi u.

Ismoil Sa’dullayevning ta’kidlashicha, boshqarmaning bu yilgi rejasi chiqindilarni qayta ishlash hajmini 50 foizga ko‘tarish hisoblanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »