Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ekologiya vazirligi tomonidan 18-iyul kuni Toshkentda chiqindilar bilan ishlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan jamoatchilikni keng tanishtirish maqsadida ommaviy axborot vositalari va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi. Tadbir davomida OAV vakillari Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi chiqindilarni qayta ishlash korxonasi, Yunusobod tumanidagi chiqindilarni tashish stansiyasi va Ohangarondagi chiqindi poligoni faoliyati bilan tanishtirib o‘tildi, deb xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Press-tur davomida ma’lum qilinishicha, prezidentning “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan ekologiyaga oid huquqbuzarliklar uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda.

Xususan, farmon bilan 2023-yil 1-sentabrgacha sanoat, maishiy va boshqa chiqindilarni to‘plash, tashish, joylashtirish, zararsizlantirish, saqlash, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va realizatsiya qilish chog‘ida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzish, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini belgilanmagan joylarga tashlash hamda suyuq maishiy chiqindilarni to‘kkanlik uchun ma’muriy jarimalar miqdorini 10 baravarga oshirish ko‘zda tutilgan hujjatlar tayyorlanadi. Bunda qo‘shimcha ravishda yuridik shaxslarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan 300 baravarigacha bo‘lgan miqdorda moliyaviy jarimalar qo‘llanadi.

Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvarga qadar tibbiyot chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar respublikada ishlab chiqarilmaydigan, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar asosida olib kiriladigan maxsus texnika, texnologik uskunalar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar uchun bojxona to‘lovlarini to‘lashdan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imidan tashqari) ozod qilinadi. 

2025-yil 1-yanvarga qadar tibbiyot muassasalari, veterinariya va farmatsevtika sohasi tashkilotlarining chiqindilarini yig‘ish va saqlash soha tashkilotlari tomonidan, ushbu chiqindilarni olib chiqib ketish va utilizatsiya qilish sanitar tozalash korxonalari tomonidan markazlashgan holda amalga oshiriladigan tartib joriy qilinadi.

Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Ekologiya vazirligining umumiy shtatlari doirasida yuridik shaxs maqomiga ega davlat muassasasi shaklidagi “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi tashkil etiladi. 3 ta chiqindilarni saralash va 1 ta chiqindilarni qayta ishlash uskunalari ishga tushiriladi. 3 ta chiqindilarni qayta yuklash stansiyasi quriladi. Shuningdek, 103 ta chiqindi yig‘ish shoxobchalari quriladi va 558 ta chiqindi konteynerlari o‘rnatiladi. Bu orqali 1 500 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Bundan tashqari, qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish, qurilish chiqindilarini to‘plash va vaqtincha saqlash, tashish, chiqindi poligoniga joylashtirish uchun topshirish (qabul qilish) tartiblarini buzish tabiiy muhitga zararli ta’sir ko‘rsatish oqibatlarini bartaraf etish choralarini ko‘rmaganlik hisoblanadi hamda ma’muriy javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »