Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkentning Yakkasaroy tumanida yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan piyoda avtobus urib yuborishidan vafot etdi.

Foto: Toshkent shahar YHXB matbuot xizmati

Poytaxt IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining ma’lum qilishicha, voqea 19-iyul kuni soat 17:00 larda Bobur ko‘chasida yuz bergan. Haydovchi A.D. Yutong avtobusini boshqarib ketayotib, yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan piyoda G‘.K.ni (1972-yilda tug‘ilgan) urib yuborgan.

Oqibatda tan jarohatlari olgan piyoda tibbiy muassasaga olib borilgan. Biroq tibbiyot xodimlarining sa’y-harakatlariga qaramasdan vafot etgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »