Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bosh prokuratura huzuridagi departament tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida noqonuniy yer savdolariga chek qo‘yildi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Ma’lum qilinishicha, departamentning Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda fuqaro T.X. “Ozod” MFY hududidagi “A.A.” MCHJga qarashli bo‘lgan 1 gektar yer maydonini fuqaro L.T.ning nomiga rasmiylashtirib olib berishi evaziga 3 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, departamentning Surxondaryo Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan IIB va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.I. “O‘zbekiston” MFY hududidagi 24 sotix zaxiradagi yer maydonini fuqaro S.U.ga 40 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Xuddi shunday, Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro H.X. fuqaro N.T.ga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Muborak tumani “Konchilar” MFY hududidagi 6 sotix zaxiradagi yer maydonini uning nomiga rasmiylashtirib olib berishi evaziga 30 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Noqonuniy yer savdolari

Aprel boshlarida Navoiyda 80 gektar yerni 1 milliard so‘mga sotishga uringan shaxslar qo‘lga olingani, Samarqand va Farg‘onada noqonuniy yer sotish holatlariga chek qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Buxoro viloyatida yer maydonlari savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etilgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »