Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan davlat xizmatchilari haqida axborot tarqatib, Yakkasaroy tumani hokimini Sanico Group va “Uv-Maks” MCHJlar egasi deb ko‘rsatdi. Hokimlik axborot xizmati esa agentlikni yolg‘on axborot tarqatishda ayblamoqda.

Foto: Yakkasaroy tumani hokimligi
Foto: Yakkasaroy tumani hokimligi
Mazkur MCHJlar egaligi 2023-yilning 13-iyun kuni hokim nomidan chiqarilgan. Lekin Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bu maʼlumotlarni 20-iyul kuni tarqatmoqda, — deydi Yakkasaroy tumani hokimligi axborot xizmati rahbari Otabek Nasimov.

“Daryo” jurnalisti Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati xodimi Feruza Mirzakomilova bilan suhbatlashib, “tarqatilgan maʼlumotning Yakkasaroy tumani hokimi bilan bog‘liq qismida xatolikka yo‘l qo‘yilmaganmi?” deb so‘radi.

Yakkasaroy tumani hokimi nomida haqiqatda firma bo‘lgan. Bu aniqlangan holat. Va shuning uchun agentlik tomonidan bu holatni bartaraf etishga qaratilgan taqdimnoma kiritilgan. Maʼlumotni noto‘g‘ri deb endi iddao qilishayotgani bu — faqat o‘sha taqdimnoma asosida firma taʼsischiligidan chiqarilgani bilan bog‘liq, xolos. Aniqlangan holatlar bo‘yicha mazkur davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, ularning yuqori turuvchi idoralariga agentlik tomonidan tegishli taqdimnomalar kiritilib, yuqoridagi manfaatlar to‘qnashuvi holatlariga barham berilishi (mansabdor shaxslarning tadbirkorlik subyektlaridagi faoliyati tugatilishi) choralari ko‘rilmoqda, — deydi Feruza Mirzakomilova.
Foto: Yakkasaroy tumani hokimligi

Agentlik axborot xizmati rahbari, shuningdek, “Biz bergan maʼlumotda aynan hozir ham taʼsischi degan fikr bormi? Aniqlangan holat haqida gap ketgan”, deydi. U tahririyat so‘roviga javoban Yakkasaroy tumani hokimligiga qachon taqdimnoma kiritilganini aniqlab berishini qo‘shimcha qildi. Biroq jurnalistning “axborotni ommaga tarqatishdan avval taqdimnomaga ko‘ra, talab bajarilgan yoki bajarilmagani bilan qiziqib ko‘rganmisizlar?”, degan savolini ochiq qoldirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »