Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH F-16 qiruvchi samolyotlarini Ukrainaga shu yil oxirigacha topshirishni rejalashtirmoqda, dedi Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi. Uning fikricha, Amerika qiruvchilari urushning borishini o‘zgartirmaydi.

F-16 qiruvchilari
Foto: Getty Images
“Ular (F-16 qiruvchi samolyotlari — “Daryo” izohi), ehtimol, yil oxirigacha yetkazib beriladi. Ammo birgina ular vaziyatni o‘zgartira olmaydi. Ukrainaliklarga eng keragi — artilleriya, o‘q-dorilar, havo hujumidan mudofaa tizimlari va tanklar”, — dedi Kirbi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Vashington Kiyevga “misli ko‘rilmagan darajada katta miqdorda yordam ko‘rsatgan”.

Vilnyusdagi sammitda NATO davlatlari ukrainalik uchuvchilarni tayyorlash bo‘yicha koalitsiya tuzilganini e’lon qilgandi, uning tarkibiga Daniya, Niderlandiya, Belgiya, Kanada, Lyuksemburg, Norvegiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Shvetsiya va Buyuk Britaniya kiradi.

15-iyul kuni Politico nashri 11 davlatdan iborat koalitsiya mashg‘ulotlarini boshlash uchun AQSHdan tasdiq kutayotgani, Vashington rasman ruxsat bermaguncha ishga kirisholmasligini xabar qildi.

Nashrning yozishicha, koalitsiya mashg‘ulotlarni avgust oyida boshlashni kutmoqda, o‘shanda Ruminiyadagi o‘quv markazi ishga tushishi kerak. Biroq mashg‘ulotlarning aniq boshlanish sanasi AQSH Davlat departamenti tomonidan belgilanadi.

17-iyul kuni AQSh prezidenti Jo Bayden ukrainalik uchuvchilarni F-16 qiruvchilarida uchishga o‘qitishni ma’qulladi. Oq uy ular bir necha hafta ichida mashg‘ulotlarni boshlashi mumkinligini bildirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »