Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on G‘arb davlatlarini don kelishuvi bo‘yicha Rossiyaning talablarini bajarishga chaqirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Foto: “Glavkom”
“Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qora dengiz bo‘yicha don kelishuvi borasida G‘arb davlatlaridan harakatlarini kutmoqda”, — dedi u va G‘arbni bu yo‘nalishda qadam tashlashga chaqirdi.

Erdo‘g‘on rossiyalik hamkasbi bilan Qora dengiz g‘alla tashabbusini muhokama qilish niyatida ekanini ta’kidladi.

“Ishonamanki, biz insonparvarlik tashabbuslarining davom etishiga kafolat beramiz”, — dedi siyosatchi.

U kelishuvning bekor qilinishi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi, biroq Anqara buning oldini olish uchun harakat qilishga tayyorligini bildirdi.

“Biz buning oldini olish uchun tashabbus ko‘rsatishdan tortinmaymiz”, — deya ta’kildladi Erdo‘g‘on.

Don kelishuvining bekor qilinishi 

Avvalroq Turkiya rahbari o‘zi va Putinning don kelishuvi bo‘yicha pozitsiyalari bir-biriga to‘g‘ri kelishiga ishonch bildirgan.

17-iyul kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi g‘alla bo‘yicha kelishuv to‘xtatilganini ma’lum qilgan. Moskva kelishuvlarning Rossiya talabiga oid qismi bajarilganidan keyin uni qayta tiklashga tayyorligini bildirgan.

Putin, shuningdek, hukumat bilan uchrashuvda Rossiya g‘alla kelishuviga qarshi emasligini va Rossiya tomoni ilgari surgan, biroq 17-iyuldagi so‘nggi muddatga qadar bajarilmagan barcha asosiy shartlar bajarilsa, unga qaytishga tayyor ekanini ham aytgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »