Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Hindistonda kuchli yomg‘irlar oqibatida kelib chiqayotgan suv toshqinlari tarixiy obidalarga ham zarar yetkazmoqda.

Dunyoga mashhur Toj Mahal yaqinida daryo qirg‘og‘ida joylashgan bog‘ni sel yuvib ketgan. Bunday holat 45 yil ichida birinchi marta sodir bo‘ldi.

XVII asr o‘rtalarida qurilgan tarixiy yodgorlikning podvaliga suv kirishi mumkin, bu esa inshoot poydevori uchun juda xavfli.

Foto: Google Images 

Suv toshqinlari hozirda Agradagi boshqa tarixiy obidalarga ham tahdid solmoqda.

“Suv juda ko‘p. Hamma narsa suv ostida qolmoqda: ibodatxonalar, uylar, hovlilarni suv bosdi. Bu odamlar va binolar uchun katta muammo. Suv binolarning poydevorini yuvib ketishi, oqibatda ular qulab tushishi mumkin”, — deydi ibodatxona ruhoniysi Talman Sunder Dubey.

Oxirgi marta Toj Mahalni 1978-yilda ro‘y bergan suv toshqini paytida suv bosgan. O‘shanda maqbaraning 22ta yerto‘lasi suv ostida qolgandi. Shundan so‘ng Toj Mahal yaqinidagi Yamuna daryosi bo‘yida to‘g‘on qurilgandi. Ammo hozirda suvning ko‘tarilishi xavfsiz darajadan bir yarim metrga oshib ketdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »