Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Hindistonning Maxarashtra shtatida 20-iyulga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan ko‘chki qurbonlari soni 22 kishiga yetdi. Yuzga yaqin odam bedarak yo‘qolgan, deb xabar beradi “MIR 24”.

Qutqaruvchilar voqea joyida bir kundan beri ishlamoqda. Qidiruv faqat qorong‘i tushishi bilan to‘xtayapti. Ko‘chki Raigad tumanidagi qishloqda o‘nlab uylarni bosib ketgan. O‘sha paytda u yerda 200 dan ortiq odam bor edi. Ulardan uch nafari uylarini tark etishga ulgurgan. Yana 20 ga yaqin odam tuproq bilan qoplangan binolar vayronalari ostidan tiriklayin olib chiqildi.

Ayni paytda qurbonlar soni ortishi mumkinligi xabar qilinmoqda.

“Qutqaruvchilar boshqa yerni qidirishyapti, biz ko‘rsatgan joyda uylar bor edi, odamlar shu yerda qolishgan. Ammo qutqaruvchilar bizni o‘zlarining qidiruv hududlariga yaqinlashishimizga ruxsat berishmayapti. Biz ko‘rsatgan yerni qidirishsa, sel ostida qolgan odamlarni topishardi”, — dedi Irsalvadi shahrida yashovchi Balu Ambu Pardi.

Qutqaruvchilarning ishini bir necha kundan beri to‘xtamagan yomg‘irlar, shuningdek, qishloqning chekka hududda joylashgani va unga yagona piyoda yo‘lakchasi orqali borish kerakligi murakkablashtirmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »