Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Toshkent viloyatida yer maydonlarining noqonuniy sotilishiga chek qo‘yildi.

Kadr: Telegram

Toshkent viloyati Zangiota tumani Davlat xizmatlari markazi xodimi o‘zganing ishonchiga kirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali, unga Toshkent tumanida joylashgan va davlat zaxirasida bo‘lgan 10 gektar sug‘oriladigan yer maydonini 24 million AQSH dollariga sotib olib berishini aytgan. U yer maydoniga egalik huquqini beruvchi qarorni chiqartirib berish evaziga kelishilgan summadan 1,5 million dollar berishini talab qilgan.

DXXning Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, DXM xodimi oldindan 200 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Boshqa holatda esa Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida yashovchi, 1972 y.t., muqaddam sudlangan shaxs firibgarlik yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida ko‘p qavatli turar-joylar barpo etish uchun ajratilgan 4 gektar yer maydonini mansabdor tanishlari orqali xaridorga olib berish evaziga 2,5 mln. AQSH dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u so‘ralgan pul mablag‘idan 200 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan.

Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168 (firibgarlik) va 211-moddalari (bora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy yer savdolari

Aprel boshlarida Navoiyda 80 gektar yerni 1 milliard so‘mga sotishga uringan shaxslar qo‘lga olingani, Samarqand va Farg‘onada noqonuniy yer sotish holatlariga chek qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Buxoro viloyatida yer maydonlari savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etilgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »