Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Eron islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi harbiy qo‘shinlari Shahed-149 dronining modernizatsiya qilingan versiyasini taqdim etdi deb xabar bermoqda IRNA. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, dronning yangilangan versiyasi yangi qo‘nish moslamasi tizimi va qurol osma bloki bilan jihozlangan.

IRNA ma’lumotlariga ko‘ra, Shahed-149 ning birinchi versiyasi 2021-yilning may oyida taqdim etilgan. Ushbu jangovar dron bir parvozda 35 soatgacha ucha oladi va 7000 km masofani bosib o‘tadi.

Foto: AFP

2022-yildan beri G‘arb davlatlari va Ukraina bir necha bor Eronni Rossiyaga dronlar yetkazib berishda ayblab keladi.

2022-yil iyul oyida Qo‘shma Shtatlar Rossiya Erondan Shahed-191 va Shahed-129 jangovar dronlarini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar bergandi.

21-dekabr kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Moskva Tehrondan Ukraina hududiga zarba berish uchun foydalaniladigan 250 ta kamikadze dronlarini olganini aytdi. Keyinchalik Eron tashqi ishlar vazirligi Eron dronlarini Rossiyaga yetkazib berish faktini tan oldi, ammo xabar qilinganidan “oz miqdorda” hamda Ukrainada harbiy harakatlar boshlanishidan bir necha oy oldin yetkazilganini ta’kidladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »