Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kopengagendagi Iroq elchixonasi oldida ultramillatchi “Daniyalik patriotlar” guruhi muqaddas Qur’on kitobini yoqib yubordi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.

Foto: Videodan kadr

Namoyishchilar buni Shvetsiyaning Bag‘doddagi elchixonasiga yaqinda uyushtirilgan hujumga norozilik sifatida amalga oshirganini aytmoqda. Aksiya kuchli politsiya himoyasi ostida o‘tgan, unda besh kishidan ortiq odam ishtirok etmagan.

Kopengagen politsiyasining ma’lum qilishicha, kitob yoqish 21-iyul kuni Iroq elchixonasi oldida bo‘lib o‘tgan.

“Hech qanday tergov boshlanmaydi, chunki hech qanday jinoyat sodir bo‘lmagan. Bir kishi, ehtimol, o‘ziga tegishli bo‘lgan kitobni yoqdi va bu noqonuniy emas. Qolaversa, bu rasman ro‘yxatadan o‘tgan namoyish edi”, — dedi huquq-tartibot idorasi xodimi.

Iroq Tashqi ishlar vazirligi “Iroqning Daniyadagi elchixonasi oldida Qur’oni Karim va Iroq Respublikasi bayrog‘ini haqorat qilish hodisasini” qoraladi.

“Vazirlik fikr va namoyish o‘tkazish erkinligi kontekstida ko‘rib chiqilishi mumkin bo‘lmagan ushbu dahshatli voqeani tergov qilishga to‘liq sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi”, — deyiladi Iroq TIV bayonotida

Qur’onning yoqib yuborilishiga oid so‘nggi ma’lumotlar

Yanvar oyida Stokgolmdagi Turkiya elchixonasi oldida Qur‘on yoqib yuborilgandi. Aksiyani ultrao‘ng va islomga qarshi “Qattiq kurs” partiyasining daniyalik-shved faoli Rasmus Paludan boshqargan.

Aprel oyida Shvetsiya maʼmuriy sudi mamlakat Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Qurʼon yoqib yuborilgan namoyishlarga qo‘yilgan taqiqni bekor qilgan. Sud o‘z qarorida yig‘ilishlar va namoyishlar o‘tkazish erkinligi konstitutsiyaviy himoyalangan huquqlar ekanini keltirgan. 

Iyun oyida iroqlik muhojir Stokgolmdagi bosh masjid yonida Qur’onni yoqib yuborgandi.

20-iyul kuni Shvetsiya politsiyasi Stokgolmdagi Iroq elchixonasi oldida Qur‘on va Iroq bayrog‘i yoqib yuborilgan norozilik namoyishini o‘tkazishga ruxsat berdi. Shundan so‘ng yuzlab odamlar Shvetsiyaning Bag‘doddagi elchixonasiga bostirib kirib, binoga o‘t qo‘ygan. Namoyishchilarni tarqatish uchun Iroq politsiyasi suv purkagichlardan foydalangan.

O‘z navbatida, Iroq mamlakatdan Shvetsiya elchisini haydagan va ya’na muqaddas kitob yoqib yuborilsa, diplomatik aloqalarni uzishini bildirgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »