Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil havo kuchlari beshinchi avlod F-35I Adir qiruvchilarining yangi partiyasini qabul qilib oldi. Isroil qurolli kuchlari xabariga ko‘ra, ularning aviatsion parki uchta samolyotga ko‘paygan.

Foto: Reuters

Beshinchi avlod qiruvchilarining bort raqamlari 958, 959 va 960. Aytish joizki, Isroilga F-35I Adir tekinga beriladi. Yaqinda ikki mamlakat o‘rtasida yana 25 ta samolyot yetkazib berish bo‘yicha uch milliard dollarlik shartnoma imzolandi. Bitim AQSH yordam fondlari tomonidan moliyalashtiriladi.

Qiruvchi samolyotlarda Isroil kompaniyalari tomonidan yaratilgan aviatsion elektronika mavjud. F-35I Adir qiruvchi samolyoti Spice-100, Python-5 va Stunner raketalarini olib yurish imkoniyatiga ega.

25 ta samolyotni sotib olish Isroilning F-35 flotini dunyodagi uchinchi yirik flotga aylantiradi. Birinchi va ikkinchi o‘rinlarda beshinchi avlod qiruvchi samolyotlari ko‘proq bo‘lgan AQSH va Yaponiya flotlari turadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »