Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan uchrashish uchun Sankt-Peterburgga “Polsha qurolli kuchlarining Ittifoq davlati chegaralariga joylashtirilishi” aks etgan xaritasini olib keldi. Bu haqda “BelTA” xabar berdi.

Foto: Reuters

Belarus rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Varshava buning uchun juda ko‘p yollangan jangchilar va asosiy strategik zaxiralardan foydalangan.

“G‘arbiy Ukrainaning bo‘linishi, Ukrainaning parchalanishi va yerlarning Polshaga berilishini qabul qilib bo‘lmaydi. Agar Ukrainaning g‘arbiy aholisiga yordam berish kerak bo‘lsa, biz, albatta, ularni qo‘llab-quvvatlaymiz. Polshaning tayyor bo‘lmagan harbiylarni va yollanma askarlarni do‘zaxga tashlash siyosati hech narsaga olib kelmaydi”, — deydi u.

Lukashenkoning aytishicha, Polsha brigadalaridan biri hozir Brestdan 40 kilometr, boshqasi esa Grodnodan 100 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Ma’lumot o‘rnida, 23-iyul kuni Lukashenko va Putin “Ittifoq davlati xavfsizligi masalalari” bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi. Belarus prezidenti Putinga Polshaga hujum qilishni so‘ragan “Vagner” ustidan shikoyat qildi.

Putin Polsha Ukrainaga “hujum qilishni” rejalashtirayotganini aytgandi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 21-iyul kuni Polsha, Litva va Ukraina harbiy ittifoqini tuzish orqali Polsha keyinchalik Ukraina hududini bosib olishni rejalashtirayotganini aytdi. U Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida Putin Polshaning g‘arbiy hududlari Iosif Stalinning “tuhfasi” ekanini ta’kidladi.

Rossiya prezidenti Belarusga hujum ehtimoli haqida ham gapirib, u har qanday tahdidga Rossiya birgalikda javob qaytarishini aytdi.

“Belarusga kelsak, u Ittifoq davlat (Rossiya va Belarus ittifoqi — “Daryo” izohi)ning bir qismidir, Belarusga qarshi tajovuz Rossiyaga tajovuzni anglatadi. Biz bunga qo‘limizdagi barcha vositalar bilan javob beramiz. Bir gapni aytay — bu juda xavfli o‘yin va bunday reja mualliflari uning oqibatlari haqida o‘ylashi kerak”, — deb qo‘shimcha qildi Rossiya rahbari.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »