Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistondagi barcha umumta’lim maktablarining kompyuter sinfxonalarini qayta jihozlashga doir xatlov jarayonlari boshlandi, deb xabar bermoqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati.

Foto: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati

Prezidentning 2023-yil 26-maydagi farmoniga muvofiq, yangi o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining  boshlang‘ich sinflarida informatika fani, xususan, 1-sinfdan informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qitilishi belgilangan. Vazirlik matbuot xizmati xabarida qayd etilishicha, mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida barcha umumta’lim maktablarining kompyuter sinfxonalarini qayta jihozlashga doir xatlov jarayonlari boshlandi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ul xodimlari tomonidan olib borilayotgan o‘rganishlar davomida kompyuter sinfxonalarining moddiy-texnik bazasi ko‘zdan kechiriladi. Yakuniy xulosalar asosida tegishli maktablar zamonaviy kompyuter jihozlari bilan to‘liq ta’minlanadi.

Foto: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati

Jumladan, Toshkent shahridagi maktablarning barcha kompyuter xonalari ham xatlovdan o’tkazilib, mavjud 335 ta maktabdan 258 tasida kompyuter jihozlariga ehtiyoj mavjudligi aniqlangan.

Ushbu ehtiyojni qoplash maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan maktablarga 304 dona kompyuter sinfxonalari to‘plami jo‘natilmoqda. Har bir to‘plam 16 ta kompyuter, 1 dona printer, konditsioner, interaktiv doska va serverdan tashkil topgan.

Foto: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati

Respublikaning boshqa hududlariga ham kompyuterlar bosqichma-bosqich tarzda yetkazib beriladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »