Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Associated Press agentligining xabar berishicha, Gretsiya hukumati o‘rmon yong‘inlari ostida qolgan Rodos orolidan 19 mingga yaqin odamni evakuatsiya qildi.

Foto: Getty Images

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, oroldan 16 ming kishi havo orqali, yana 3 ming kishi dengiz orqali chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan. Gap 12 qishloq va bir qancha mehmonxonalarda yashagan odamlar haqida ketmoqda. Gretsiya hukumati bu mamlakat tarixidagi eng yirik bunday operatsiya ekanini ma’lum qildi.

O‘rmon yong‘inlarini joylarda 266 nafar o‘t o‘chiruvchi 49 ta maxsus texnika yordamida o‘chirishga harakat qilmoqda. Ularga havodan o‘nta samolyot yordam beryapti.

Gretsiya so‘nggi kunlarda anomal jazirama to‘lqiniga duch keldi. Bu Rodos va mamlakatning boshqa qismlarida o‘rmon yong‘inlariga olib keldi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »