Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya qo‘shinlari 23-iyulga o‘tar kechasi Odessaga raketa hujumi uyushtirdi. Shahardagi eng yirik va YUNESKO madaniy yodgorligi hisoblangan Preobrajenskiy kafedral sobori vayron bo‘ldi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Foto: Telegram / V_Zelenskiy_official

Ukraina Qurolli kuchlariga ko‘ra, hujum paytida qarshi tomon besh turdagi 19 ta raketani qo‘llagan:

  • anneksiya qilingan Qrimdagi “Bastion” qirg‘oq raketa tizimidan beshta qanotli Oniks uchirilgan;
  • Qora dengizdan Tu-22MZ samolyotlaridan uchta Kh-22 qanotli raketalar ishga tushirilgan;
  • to‘rtta “Kalibr” dengizdan uchiriladigan qanotli raketalar uchirilgan;
  • Qrimdan beshta “Iskander-K” qanotli raketalari va ikkita “Iskander-M” ballistik raketalari uchirilgan. 

Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari to‘qqizta raketani yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lgan: to‘rtta “Kalibr” va beshta “Iskander-K”.

Foto: Telegram / V_Zelenskiy_official

Rossiyaning Odessaga bergan aviazarbalar oqibatida port infratuzilmasi vayron bo‘lgan, kamida oltita turar-joy binosi, jumladan, ko‘p qavatli uylar, shuningdek, o‘nlab avtomobillar zarar ko‘rgan.

Foto: Telegram / V_Zelenskiy_official

Odessa viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Yuriy Kruk Odessaga tungi hujumni Rossiyaning tarixiy shahar markaziga urush boshlanganidan beri bergan eng yirik zarbasi deb atadi.

Foto: Telegram / V_Zelenskiy_official

Shuningdek, Preobrajenskiy sobori bilan bir qatorda yigirmadan ortiq meʼmoriy yodgorlik ham zarar ko‘rgan. 

Foto: UNIAN

“Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, Odessada bir kechada rossiyaliklar tomonidan 25 ta meʼmoriy yodgorlik zarar ko‘rdi”, — deyiladi xabarda.

Foto: Telegram / V_Zelenskiy_official

Ular orasida XIX-XX asrlardagi binolar:

  • Chijevicha uyi
  • Papudova uyi
  • Zabludovskiy uyi
  • Gagarin uyi
  • Yanush uyi
  • Jdanova uyi
  • Rassel del Turko uyi
  • Massa uyi
  • Manuk Bey saroyi
  • Kovalevskiy uyi
  • Porro uyi
  • Mashevskiy uyi va boshqalar.

Shuningdek, turar joy binolari vayron bo‘lgan, bir kishi halok bo‘lgan, 22 kishi esa jarohat olgan.

“Tinch shaharlarga, turar joy binolariga, soborga qarshi raketalar. Rus yovuzligini oqlab bo‘lmaydi. Har doimgidek, bu yovuzlik yutqazadi. Albatta, Odessa uchun rus terrorchilaridan o'ch olinadi. Ular bu qasosni his qiladi.

Ushbu oxirgi teraktdan jabr ko'rganlarning barchasiga yordam ko'rsatilmoqda. Men odamlarga yordam berayotgan har bir kishiga minnatdorlik bildiraman. Biz buni yengib o‘tamiz. Biz tinchlikni tiklaymiz. Vuning uchun biz rus yovuzligini yengishimiz kerak”, — deya Zelenskiy Odessaga hujumga munosabat bildirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »