Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan telefon orqali suhbatda Ukraina—NATO kengashini zudlik bilan chaqirishni so‘radi. Ushbu tuzilma iyul oyida Shimoliy Atlantika alyansi sammitida yaratilgan edi.

“Men Yensga inqiroz bo‘yicha tegishli maslahatlashuvlar uchun ushbu kengashni zudlik bilan chaqirish taklifi bilan murojaat qildim. Bu uchrashuv yaqin kunlarda bo‘lib o‘tadi. Biz Qora dengizdagi xavfsizlik bo‘yicha inqirozini yenga olamiz”, — dedi Zelenskiy videomurojaatda.
Foto: Reuters

Ukraina prezidenti avvalroq Stoltenberg bilan Qora dengizdagi don yo‘lagini blokdan chiqarish uchun zarur choralarni muhokama qilganini aytgan edi. Shuningdek, ular Qora dengizdagi mavjud vaziyat va uning global oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid solayotgani haqida ham fikr almashdilar.

12-iyul kuni bo‘lib o‘tgan NATO sammitida Ukraina—NATO kengashi tuzildi. Ilgari bunday organ faqat Rossiya bilan mavjud edi, Ukraina bilan NATO faqat qo‘shma komissiyaga ega edi. Komissiya majlisini chaqirish ittifoqning istalgan davlati tomonidan bloklanishi mumkin edi. Kengash chaqiruvini esa bloklab bo‘lmaydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »