Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

24-iyul kuni tongda Moskvaga qilingan ikkita dron hujumi Ukraina Mudofaa vazirligi Razvedka Bosh boshqarmasining (GUR) maxsus operatsiyasi edi. Bu haqda “RBK-Ukraina” nashri Ukraina maxsus xizmatlaridagi manbalarga tayanib, xabar berdi.

Foto: Meduza

Nashr suhbatdoshlari “qushchalar Moskvagacha uchib bordi”, deb qo‘shimcha qildi.

Hujumga GURning aloqadorligi haqida “Ukrainskaya pravda” nashrining Ukraina xavfsizlik va mudofaa sektoridagi manbasi ham ma’lum qildi.

“Ko‘ngillilar va tuzilmalar o‘rtasidagi hamkorlik yaxshi samara bermoqda, buni davom ettirish kerak”, — dedi u.

Dronlarning Moskvaga va anneksiya qilingan Qrimga tungi hujumini Ukraina raqamli transformatsiya vaziri Mixail Fedorov ham izohladi.

“Radioelektron kurash moslamalari va havo mudofaasi bosqinchilarning osmonini ko‘p himoya qilolmayapti. U yerda nima bo‘lishidan qat’i nazar, bundan ko‘prog‘i kutilmoqda”, — deb yozdi u Telegram kanalida.

Shu bilan birga, vazir hujumlar ortida rasmiy Kiyev turganini ochiq aytmagan.

Moskva va Qrimga dronlar hujum qildi

24-iyul kuni ertalab Moskva meri Sergey Sobyanin ikkita dron shahardagi ikkita noturar joy binosiga hujum qilgani haqida xabar berdi. Bitta uchuvchisiz uchoq bo‘laklari Komsomolskiy prospektidagi 17-uy yaqiniga tushgan, u yerga yaqin joyda Rossiya Mudofaa vazirligi binosi ham bor. Ikkinchi dron Lixachev prospektida qurilayotgan biznes markazga qulagan. Binoning yuqori ikki qavatidagi oynalar singan. Qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan. Rossiya Mudofaa vazirligi “Kiyev rejimi”ni teraktga urinishda aybladi. Rasmiy ravishda Ukraina hukumati hujumga izoh bermadi.

Shuningdek, 24-iyul kuni ertalab anneksiya qilingan yarimorol rahbari Sergey Aksyenov Qrimga uchuvchisiz uchoqlar hujumi uyushtirilganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hujum oqibatida Jankoy tumanidagi o‘q-dorilar omborida portlashlar sodir bo‘lgan. Rossiya Mudofaa vazirligi tunda Qrim osmonida 17 ta dronni urib tushirganini ma’lum qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »