Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent va Samarqand viloyatlarida elektr, suv va gazdan noqonuniy foydalanayotganlar aniqlandi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati

Unga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Piskent tuman bo‘limi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S.G.” MCHJ rahbari Sh.Z. MCHJ yer maydonida nazorat tamg‘alari bo‘lmagan elektr hisoblagichdan o‘zboshimchalik bilan foydalanib, jami 525,6 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan. 

Shu kabi, departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan gaz taʼminoti bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro T.X. (muqaddam sudlangan) va boshqalar Past Darg‘om tumanidagi yangi qurilgan ko‘p qavatli binoni umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 221,4 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan. 

Xuddi shunday, departamentning Bekobod shahar bo‘limi tomonidan “Toshkent suv taʼminoti” MCHJ shahar filiali xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro J.Z. “Nurli yo‘l” MFY hududidagi ko‘p qavatli va ko‘p tarmoqli xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan noturar binosini tijorat maqsadida o‘g‘rilik yo‘li bilan markazlashgan ichimlik suv quvuri va oqova suv chiqarish xizmatiga ulab, jami 156,6 million so‘mlik ichimlik suvidan noqonuniy foydalangani aniqlangan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) va 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »