Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya hukumati “Rossiya-24” va “Moskva-24”, “RBK” va bir qator hududiy telekanal xodimlariga Moskvaga dronlar hujum qilgani haqidagi materialni yoritish taqiqladi. Bu haqda manbalarga tayanib, The Insider xabar berdi.

Foto: The Insider

Nashr suhbatdoshiga ko‘ra, Butunrossiya davlat teleradiokompaniyasi kanallariga bu mavzuni yoritish taqiqlangan. “RBK” Moskvaga hujum haqida batafsil ma’lumot tayyorlagan, ammo uni efirga berishmagan. Mavzu Mudofaa vazirligi va Moskva meri Sergey Sobyanin tomonidan qisqa sharhlar bilan davom ettirilgan.

Hududiy kanallardan dron hujumlari mavzusiga urg‘u bermaslik so‘ralgan, biroq bu cheklovlar ijtimoiy tarmoqlarga taalluqli emas.

24-iyulga o‘tar kechasi Moskvaga ikkita dron hujum qildi. Dronlardan biri Rossiya Mudofaa vazirligi binosi yonida qulagan. Rossiya “Kiyev rejimi”ni teraktga urinishda ayblagan. RBK-Ukraina xabariga ko‘ra, dron hujumini Ukraina razvedkasi uyushtirgan, bu Kiyevda rasman tasdiqlanmagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »