Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampning aytishicha, hozir yadro qurolidan foydalanish xavfi paydo bo‘lgani tufayli AQSH tarixidagi eng xavfli davr yuzaga kelgan. U Pentagonda artilleriya o‘q-dorilari yetishmasligini tan olgan amaldagi prezident Jo Baydenni tanqid qildi.

Baydenning aytishicha, Ukraina Qurolli kuchlariga kassetali o‘q-dorilar yetkazib berish oddiy snaryadlar ishlab chiqarish ko‘paytirilgunga qadar vaqtinchalik chora hisoblanadi.

Foto: Reuters

Donald Trampning ta’kidlashicha, uning prezidentligi davrida Qo‘shma Shtatlardagi harbiy omborlar “to‘la bo‘lgan”.

“Bizda nima qilayotganini tushunmaydigan odam bor. O‘rnidan turib, butun dunyoga o‘q-dorilarimiz yo‘qligini aytgan odam... Hamma narsani berib yuborsangiz, bu dahshatli. Bundan ham yomoni, bu haqda dunyoga aytib berishdir. U Xitoyga va boshqa dushman davlatlarga, bizda o‘q-dori yo‘qligini aytdi... Bu gapni aytish uchun qanchalik ahmoq bo‘lish kerak?", — dedi Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida.

7-iyul kuni AQSH Ukrainaga kassetali o‘q-dorilar yetkazib berish bo‘yicha qarorini e’lon qildi. Oq uy, busiz Kiyevda hujum uchun yetarlicha artilleriya bo‘lmasligini ta’kidladi.

13-iyul kuni Pentagon Ukraina harbiylari allaqachon AQSH va boshqa mamlakatlardan kassetali o‘q-dorilar olganini ma’lum qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »