Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina razvedkasi Moskvaga uyushtirilgan dronlar hujumiga munosabat bildirib, Rossiyani yangi “ko‘ngilsizliklar”dan ogohlantirdi. Bu haqda razvedka bosh boshqarmasi vakili Andrey Yusov xabar berdi.

Foto: Telegram

Yusovning so‘zlariga ko‘ra, Moskvadagi Rossiya xavfsizlik va mudofaa sektorining muhim muassasalariga doimiy dron hujumlari bunday obyektlar va ularning havo hududi Rossiya prezidenti Vladimir Putin rejimi tomonidan nazorat qilinmasligidan dalolat beradi.

“Ha, bu haqiqatan ham yaxshi yangilik. Hammani xursand qiladi. Dron hujumi bevosita Moskvada xavfsizlik va mudofaa sektorining muhim muassasalari joylashgan maydonida sodir bo‘lishi hatto bunday obyektlar va ularning havo hududi ham Putin rejimi tomonidan nazorat qilinmasligini bildiradi”, — dedi Yusov.

Shuningdek, u Ukraina razvedkasi vaqtincha bosib olingan hududlarning turli qismlarida bir vaqtning o‘zida juda ko‘p “dron hujumlarini” kuzatayotganini ta’kidladi.

“Bu voqealar rus bosqinchilari Ukraina hududlarini tark etmagunicha va xalqaro huquq doirasida adolat tiklanmaguncha davom etadigan jarayon va jadal rivojlanadi”, — dedi Yusov.

Moskvaga dronlar hujumi

24-iyul tunda ikki dron Moskvaga hujum qildi. Bitta dron “Lerua Merlin” do‘koni joylashgan biznes markaziga borib urilgan, ikkinchisi esa Rossiya Mudofaa vazirligi binosi yaqiniga borib tushgan. Rossiya Mudofaa vazirligi dronlar radioelektron kurash vositalari yordamida bostirilganini bildirdi. Moskva hujumda Ukraina tomonini aybladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »