Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Gretsiyaning Katimerini gazetasi xabariga ko‘ra, 25-iyul seshanba kuni bortida ikki uchuvchi bo‘lgan Canadair samolyoti Gretsiyaning Evbeya oroli janubidagi Platanitos qishlog‘i yaqinida o‘rmon yong‘inlarini o‘chirish vaqtida halokatga uchragan.

Gretsiya rasmiylari qidiruv-qutqaruv operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi. Qidiruv hududiga uchta vertolyot jo‘natildi.

Gretsiyaning ERT teleradiokompaniyasi yong‘inga uchragan samolyotning qulashi tasvirini e’lon qildi, unda u qanday qilib olovga suv purkayotgani, so‘ngra daraxtga urilib, daraga tushib, yonib ketgani ko‘rsatilgan.

Seshanba kuni ertalab Yevropa Ittifoqi yirik miqyosdagi o‘rmon yong‘inlarini o‘chirish uchun Gretsiyaga o‘t o‘chirish samolyotlari, maxsus texnika va qutqaruvchilarni yuborishi ma’lum bo‘lgan edi.

Bundan tashqari, Ruminiya, Bolgariya va Maltaning o‘t o‘chirish brigadalari allaqachon Gretsiyada ishlamoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »