Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Gretsiyaning sayyohlar orasida mashhur Rodos va Korfu orollarida yirik o‘rmon yong‘inlari yettinchi kun davom etmoqda. Sky News xabariga ko‘ra, Gretsiya hukumati ommaviy evakuatsiya e’lon qilgan. Yong‘in tufayli ko‘chirilganlarning umumiy soni 30 mingga yetdi.

“Bu Gretsiya tarixidagi eng katta evakuatsiya bo‘ldi”, — deydi hukumat vakili.

Evakuatsiya vaqtida mahalliy aholi va sayyohlar mehmonxonalar, anjumanlar markazlari, maktablar va boshqa jamoat joylariga joylashtirilib, oziq-ovqat va suv bilan taʼminlangan.

“Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda, bugun Rodos aeroportida evakuatsiya vaqtida sayohat hujjatlarini yo‘qotgan mehmonlarning uyga qaytishi uchun tezkor yordam punkti tashkil etiladi”, — qo‘shimcha qildi hukumat vakili.

Rodos vitse-meri Konstantinos Taraslias kuchli shamol o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashda sezilarli qiyinchiliklar tug‘dirayotganini aytdi.

“Sayyohlarimizni ko‘chirish uchun katta ishlar qilinmoqda. Orol bugungi kunda jami 200 mingdan ortiq sayyohni qabul qilmoqda. Ulardan 8 mingga yaqini olov ichidagi hududlarda”, — dedi Taraslias.

Sayyohlik kompaniyalari orollarga parvozlarni bekor qildi. Xususan, Jet2 Rodosga rejalashtirilgan beshta yo‘lovchi reyslarini bekor qilganini, ammo sayyohlarni evakuatsiya qilish uchun orolga bo‘sh samolyotlar jo‘natishini bildirdi.

Hafta boshida Rodos orolida o‘rmon yong‘inlari avj oldi. Gretsiyada o‘rmon yong‘inlari tez-tez uchrab turadi, biroq so‘nggi yillarda yozning issiq, quruq va shamolli kelishi mamlakatni o‘rmon yong‘inlari o‘chog‘iga aylantirdi. Bu yil esa Rodosda issiqlik 45 darajaga yetdi. Meteorologlar issiq havo oy oxirigacha davom etishidan ogohlantirmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »