Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti Vladimir Putin oktabr oyida Xitoyga tashrif buyurishi mumkin. Uning xalqaro masalalar bo‘yicha yordamchisi Yuriy Ushakov bu haqda ma’lumot berdi.

Foto: AP Photo

Putin Xitoyga tashrif taklifini olgan, u “Bir makon, bir yo‘l” forumi bo‘lib o‘tadigan vaqtda Pekinga bormoqchi.

“Maʼlumki, biz taklifnoma olganmiz va ‘Bir makon, bir yo‘l’ forumi doirasida Xitoyga borish niyatidamiz”, — dedi Ushakov.

12-iyul kuni Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov hozir Xitoy bilan ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish uchun mutlaqo qulay davr ekanini aytgandi. 

Shu tariqa u Xitoy rahbari Si Szinpin rossiyalik hamkasbining Pekinga tashrifini kutayotgani haqidagi so‘zlariga izoh bergan.

Peskov tashrif davomida kun tartibidagi mavzulardan biri ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘lishini ma’lum qilgan. Moskva va Pekin joriy geosiyosiy vaziyat yuzasidan ham fikr almashadi.

Birinchi prezidentlik muddati boshlanganidan beri Putin Xitoyga 17 marta tashrif buyurgan. Uning so‘nggi tashrifi 2022-yil 4-fevralda bo‘lib o‘tgan. U Pekindagi Qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilishida ishtirok etgan.

Xitoy rahbari Si Szinpin Rossiyaga oxirgi marta 2023-yil 20-martda kelgandi. Putin va Si Szinpinning 4 soatdan ortiq davom etgan norasmiy muzokaralarida Xitoy rahbari rossiyaliklar 2024-yilgi prezidentlik saylovlarida Putin nomzodini qo‘llab-quvvatlashiga ishonch bildirgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »