Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

24-iyul kuni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov prokuror va tergovchi o‘z xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida vafot etgan taqdirda to‘lanadigan tovon puli miqdorini kamaytirish to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonunni imzoladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Today.kg”

Qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, vafot etgan prokurorning oilasiga marhumning oxirgi lavozimi uchun o‘rtacha oylik ish haqining 20 baravari miqdorida bir martalik nafaqa to‘lanadi. Bunga qadar amalda bo‘lgan “Qirg‘iziston Respublikasi prokuraturasi to‘g‘risida”gi qonun normasi 20 yil, ya’ni 240 oy davomida o‘rtacha ish haqi miqdorida nafaqa to‘lashni nazarda tutar edi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, prokuror va tergovchi o‘z xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida jarohatlangan yoki mehnatga layoqatsiz bo‘lgan taqdirda, ularga quyidagi miqdorda bir martalik sug‘urta summasi to‘lanadi:

  • I guruh nogironi — oxirgi lavozimi uchun o‘rtacha oylik ish haqining 10 baravari (hozir ularga 10 yil davomida ish haqi to‘lanadi);
  • II guruh nogironi uchun — o‘rtacha oylik ish haqining sakkiz baravari (hozir 8 yil);
  • III guruh nogironi uchun — o‘rtacha oylik ish haqining besh baravari (hozir 5 yil).
“Konstitutsiyaviy qonun prokuratura va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida vafot etgan yoki nogiron bo‘lib qolgan taqdirda ularning oila a’zolariga ko‘rsatilgan to‘lovlarning mutanosibligiga erishishga qaratilgan”, — deyiladi Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati xabarida.

“Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish kiritish masalasi joriy yilning may oyida baxtsiz hodisa oqibatida halok bo‘lgan Jalolobod viloyati Chotqol tumani prokurori Bakirdin Januzoqovning oilasiga 21,7 million som (250 ming dollarga yaqin) miqdorida nafaqa to‘langani jamoatchilik eʼtiroziga sabab bo‘lganidan so‘ng ko‘tarildi. Katta miqdorda tovon puli nafaqat ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarini, balki deputatlarni ham g‘azablantirgan.

Bosh prokuraturaning tushuntirishicha, oxirgi lavozim uchun 20 yillik ish haqi miqdorida kompensatsiya to‘lash qoidasi 1994-yilda qabul qilingan “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonunda nazarda tutilgan. Ushbu qoida nafaqat prokuratura organlari xodimlariga, balki Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Bojxona va soliq xizmatlari, Jazoni ijro etish xizmati vakillariga ham tegishli.

May oyida Sadir Japarov huquq-tartibot idoralari xodimlarining oilalariga tovon puli to‘lash masalasini o‘rganish bo‘yicha topshiriq berdi. Moliya vazirligi ularning hajmini 12 baravarga qisqartirishni taklif qildi. Jogorku Kenesh (Qirg‘iziston parlamenti) 29-iyun kuni bir martalik nafaqa miqdorini qisqartirish bo‘yicha tuzatishlarni qabul qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »