Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasi tahlilchilari brifing chog‘ida Eron Rossiyaga o‘z mamlakatida dronlar ishlab chiqaruvchi zavod qurishda yordam berayotganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda CNN.

AQSH razvedka xizmati vakillarining aytishicha, zavodning ishlab chiqarish quvvati Rossiya Federatsiyasiga shu paytgacha Erondan sotib olingan dronlar sonidan ancha ko‘p uchuvchisiz qurilmalar zaxirasini yaratish imkonini beradi.

Foto: Reuters

Tahlilchilarning fikricha, zavod qurilishi 2024-yil boshida yakunlanishi mumkin. Ularning fikriga ko‘ra, zavodning ishga tushishi Ukrainadagi mojaroning borishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Pentagon razvedka boshqarmasining da’vo qilishicha, Eron zavod qurilishida yordam berish uchun Rossiya Federatsiyasiga muntazam ravishda jihozlar yuborib turadi.

Avvalroq Vashington Eron va Rossiyani dron ishlab chiqarish zavodi qurish rejalari uchun ayblagan edi. Xususan, Qo‘shma Shtatlar Tataristondagi Alabuga maxsus iqtisodiy zonasi hududida joylashgani taxmin qilinayotgan zavodning suratlarini e’lon qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »