Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina Qurolli kuchlarining quruqlikdagi qo‘shinlari “Janub” operativ qo‘mondonligi vakili Natalya Gumenyukning ma’lum qilishicha, rus qo‘shinlari Ukrainaga oxirgi hujumlar chog‘ida Rossiya hududida yig‘ilgan Shahed kamikadze-dronlaridan foydalangan. Dronlardagi belgilar shundan dalolat beradi, deydi u.

Foto: Reuters
“So‘nggi hujumlardan so‘ng topilgan Shahed bo‘laklarida kirill alifbosidagi belgilar mavjud, bu ularning allaqachon Rossiyada ishlab chiqarilayotganini ko‘rsatadi”, — dedi Gumenyuk Ukraina televideniyesida.

Eronning Rossiyada yig‘ilgan ilg‘or Shahed dronlaridan Ukrainaga zarba berishda foydalanilayotgani haqida 20-iyul kuni Defence Express ukrain nashri ham xabar bergandi. Nashrning yozishicha, bu dronlardagi jangovar kallaklarga lotin o‘rniga kirill alifbosida yozilgan.

Xabarlarga ko‘ra, Eronning Shahed kamikadze dronlarini yig‘ish Tataristondagi “Alabuga” maxsus iqtisodiy zonasi hududida amalga oshirilmoqda. Mahalliy jurnalistlar tomonidan olib borilgan surishtiruv natijalariga ko‘ra, 15-16 yoshli kollej o‘quvchilari Eron komponentlaridan jangovar dronlarni yig‘ishda majburiy qatnashmoqda.

Ma’lumot uchun, Eron Rossiyaga dron yetkazib beradi, ulardan Ukrainaga qarshi urushda faol foydalanilmoqda. Xususan, AQSH maʼlumotlariga ko‘ra, 2022-yil avgustidan 2023-yilning mayigacha Rossiya Erondan 400 dan ortiq, asosan, Shahed tipidagi dronlarni qabul qilib olgan va ularning aksariyatidan Ukrainaning muhim infratuzilmasiga zarba berishda foydalangan.

Rossiya o‘z hududida Eron dronlarini ishlab chiqarishni rejalashtirayotgani haqida The Washington Post gazetasi kuzda xabar bergandi. Nashrning yozishicha, Rossiya va Eron rasmiylari ishlab chiqarish bo‘yicha 2022-yil noyabr oyi boshida kelishuvga erishgan.

2023-yil fevralida Rossiya va Eron Tataristonda Shahed-136 kamikadze dronlarini ishlab chiqaruvchi zavod qurishi haqida xabar berildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »