Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xitoyda sud Xanchjou elektron tijorat markazi kommunistik partiyasining sobiq rahbari Chjou Szyanyunni poraxo‘rlikda ayblab, shartli o‘lim jazosiga hukm qildi. Bu haqda South China Morning Post xabar berdi.

Foto: Weibo

Amaldor olgan poralarning umumiy miqdori taxminan 25 million dollarni tashkil qilgan. Tergov mansabdor shaxsning korrupsion sxemalardagi ishtirokini isbotlashga muvaffaq bo‘lgan. Manbaga ko‘ra, u tashkilotlar va jismoniy shaxslardan pul olgan. Buning evaziga Chjou Szyanyun yer bilan bog'liq muammolarni hal qilishga va qurilish loyihalarini loyihalashda yordam bergan.

U 2001-yildan buyon shunday shartnomalarni imzolab keladi. O‘sha paytda u tuman hokimi o‘rinbosari lavozimida bo‘lgan.

Siyosatchining o‘lim jazosi ikki yillik sinov muddatidan so‘ng umrbod qamoq jazosiga almashtirilishi ham istisno emas. Bundan tashqari, Chjou Szyanyun siyosiy huquqlardan mahrum qilinadi va mulki musodara qilinadi.

Xitoyda pora olganlik uchun o‘lim jazosi

Yuqoridagi holat Xitoyda korrupsiya sababli o‘lim jazosi berilishining yagona holati emas. Bungacha Xitoyning Chanchun shahar sudi xavfsizlik vazirligining partiya qo‘mitasi sobiq a’zosi, sobiq general-mayor Lyu Yanpinni ikki yillik muhlat bilan o‘lim jazosiga hukm qilgandi

Amaldor umumiy qiymati 234 million yuan (taxminan 34,5 million dollar) miqdorida pora olganlikda aybdor deb topilgan. 

Avval ham Xitoyda 117 million yuan (qariyb 16,5 million dollar) pora olgan sobiq vazir o‘lim jazosiga hukm qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »