Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Afg‘onistonning Bodg‘is viloyatida qiz majburiy nikoh sababli o‘zini otib o‘ldirdi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.

Foto: Getty Images

Ma’lum qilinishicha, voqea 25-iyul kuni Qads hududida sodir bo‘lgan. Manbalar qizning o‘zini o‘ldirishiga majburan turmush qurish sabab bo‘lganini aytmoqda. Marhuma necha yoshda ekani ochiqlanmagan.

Taxminan 10 kun avval jabrlanuvchi uning roziligisiz bir bola bilan unashtirilgan. Bodg‘isdagi mahalliy “Tolibon” vakillari hozircha bu haqda hech qanday ma’lumot bermagan.

Bu qo‘shni respublikada qizlarning majburiy nikoh sababli o‘zini o‘ldirishi bilan bog‘liq birinchi holat emas. Avvalroq Saripul viloyatida majburiy nikoh sababli 15 yoshli qiz o‘z joniga qasd qilgandi. Parvon viloyatida 22 yoshli qiz bilan bog‘liq shunday holat yuz bergan. U Kalashnikov avtomatidan o‘ziga o‘q uzgan.

Majburiy nikoh, oiladagi zo‘ravonlik va ruhiy muammolar Afg‘onistonda ayollarning o‘z joniga qasd qilishining asosiy sabablari sifatida ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Tolibon” harakatining rasmiy vakili Afg‘onistonda majburiy nikoh taqiqlanganini ma’lum qilgandi. Taqiq asosida Qunduz viloyatida 50 yoshli erkakning 12 yoshli qizni majburan nikohiga olishiga ruxsat berilmagan. Holat yuzasidan aybdorlar qo‘lga olingan, ular sud jarayonini kutmoqda. “Tolibon” taqiqqa rioya qilmaganlar qonuniy javobgarlikka tortilishini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »