Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In va Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Pxenyanda bo‘lib o‘tgan “Qurol-yarog‘ ko‘rgazmasi — 2023”da ishtirok etdi, deb xabar bermoqda Koreya markaziy telegraf axborot agentligi (KCNA).

Foto: KCNA

Ko‘rgazmaga tashrif chog‘ida Kim Shoyguga tashqi ko‘rinishidan Amerikaning RQ-4 Global Hawk va MQ-9 Reaper dronlariga o‘xshaydigan yangi KXDR dronlarini ko‘rsatgan.

Foto: KCNA
Foto: KCNA

Ko‘rgazmadan so‘ng Rossiya mudofaa vaziri va KXDR rahbari Koreya urushi tugaganining 70 yilligiga bag‘ishlangan konsert dasturini tomosha qilgan. Tadbirga nafaqat Shoygu boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasi, balki Xitoy delegatsiyasi a’zolari ham taklif etilgan.

Xitoy delegatsiyasi rahbari Li Xunchjun Kim Chen Inga XXR Raisi Si Szinpinning, Shoygu esa Rossiya prezidenti Vladimir Putinning shaxsiy maktubini topshirgan.

Sergey Shoygu 25-iyul kuni Pxenyanning taklifi bilan Shimoliy Koreyaga jo‘nab ketgandi.

Foto: Yonhap

Rossiya Ukrainaga bostirib kirishni boshlagach, KXDRga yaqinlashdi. Amerika matbuoti razvedka manbalariga tayanib, Moskva Pxenyandan o‘q-dorilar sotib olayotgani haqida bir necha bor xabar berdi. Rasmiy Shimoliy Koreya buni rad etdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »