Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Eronda hijob o‘rashdan bosh tortgan ayollar ishdan haydalib, mashinalari bo‘lsa, musodara qilinadi. Bu haqda The Times xabar berdi.

Foto: Sky News

Xalqaro Amnesty International inson huquqlari tashkilotiga ko‘ra, Eron politsiyasi qonunga bo‘ysunmagan ayollarni mashinasi olib qo‘yilishidan ogohlantiradi. Hozirgacha 133 100 dan ortiq ayol shunday xabar olgan. Politsiya xodimlari 2 000 ta mashinani musodara qilgan.

Bundan tashqari, hijob o‘ramagn ayollar ishdan bo‘shatiladi, ularga boshqa jazo ham tayinlanadi. Misol uchun, shu oy boshida bir ayol jazo sifatida morgda jasadlarni yuvishga majbur bo‘lgan.

16-iyul kuni politsiya hijob o‘raganlikni tekshiradigan patrul xizmati tiklanishini e’lon qildi. Jamoat joylarida qonunni buzgan ayollar javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirilgan.
 
Ayrim xotin-qizlarning xuddi shu sababga ko‘ra universitetlardan vaqtincha yoki doimiy chetlashtirilayotgani, imtihon topshirishga ruxsat berilmagani, jamoat transporti va bank xizmatlaridan foydalanishi taqiqlangani ma’lum.
 
Ayni paytda Eronda hijobni majburiy deb hisoblamagan yuzlab korxonalar yopildi.

Hijobsiz ayollar “aqlli kameralar” yordamida topiladi

Aprel oyi boshida Eron politsiyasi jamoat joylariga “aqlli kameralar” o‘rnatishni boshlagani ma’lum bo‘ldi. Reuters xabariga ko‘ra, bunday qurilmalar Eron politsiyasiga boshi ochiq ayollarni aniqlash imkonini beradi. Shundan so‘ng “qoidabuzarlarga buning oqibati haqida ogohlantiruvchi matnli xabarlar” keladi. Eronning “Mizan” sud axborot agentligi xabariga ko‘ra, bu harakatlar “hijob qonuniga qarshilik ko‘rsatishning oldini olishga” qaratilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »