Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya tarkibidagi Oltoy Respublikasida Mi-8 vertolyotining qulashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi, yana yetti kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda “TASS” mintaqa favqulodda xizmatlariga tayanib.

“RIA Novosti”ning yozishicha, vertolyot Ust-Koksinskiy tumani Tyungur aholi punktiga qo‘nayotganda yonib ketgan.

Halokatga vertolyotning elektr uzatish simlariga urilishi sabab bo‘lgan.

Vertolyot Altai Avia kompaniyasiga tegishli bo‘lib, unda bir guruh sayyohlar bor edi.

Ommaviy axborot vositalarida Mi-8 yonayotgani aks etgan kadrlar tarqaldi.

Avvalroq Gretsiyada o‘rmon yong‘inlarini o‘chirayotgan samolyot halokatga uchragandi. Bortdagilarning hech biri omon qolmagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »