Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston aholisi o‘rtasida koronavirus yana faollashib qolgani haqida xabarlar tarqaldi. Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi bugungi kunda respublikada ushbu infeksiyasi bo‘yicha vaziyat barqaror ekanligini ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, pandemiya boshlangan kundan boshlab 2023-yilning 25-iyul holatiga dunyoda 692,1 million nafardan ortiq bemorlarda koronavirus infeksiyasi aniqlangan va ulardan 6,9 million nafari (0,9 foiz) vafot etgan. Shu bilan birga, kasallanish dunyo bo‘ylab pasayish tendensiyasiga ega, aniqlanayotgan bemorlarning aksariyatida kasallik yengil va o‘rta shaklda o‘tmoqda.

O‘zbekistonda 2023-yil 25-iyul holatiga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanganlar soni 255 193 nafarni tashkil etib, ulardan 253 235 nafari (99 foizi) sog‘aygan. Bugungi kunda respublikada koronavirus infeksiyasi bo‘yicha vaziyat barqaror.

Biroq, koronavirus infeksiyasi va o‘tkir respirator infeksiyalarni miks-infeksiya kasalligi sifatida, aynan emlanmagan aholi hamda surunkali kasalliklari mavjud bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida qayd etilishi kuzatilmoqda.

“Kasallanish butun dunyoda chekingani bilan, yo‘q bo‘lib ketgani yo‘q, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori tomonidan 4-may kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda koronavirus COVID-19 pandemiyasini jamoat salomatligiga xavf solmaydigan darajadaligi e’lon qilingan. Shu bilan birga kasallanishdan himoyalanish choralari davom ettirilishi lozimligini ta’kidlagan.

Respublikada koronavirus infeksiyasi ustidan epidemiologik nazorat va koronavirusga qarshi emlash jarayoni davom etmoqda”, — deyiladi Sanepidqo‘mita xabarida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »