Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Anomal issiq fonida O‘zbekistonda soatlik va kunlik elektr energiyasi iste’moli rekordi yangilandi. Energetika vazirligi matbuot xizmati elektr energiyasi iste’moli 2022-yilning yoz hamda 2023-yilning iyun oyidagi rekord ko‘rsatkichlarni e’lon qildi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Unga ko‘ra, 2023-yil 26-iyulda Respublika bo‘yicha elektr energiyasi iste’moli 250,7 million kVt/soatni tashkil etdi. 2022-yilning xuddi shu kunida jami 236,9 million kVt/soat elektr energiyasi ishlatilgan bo‘lib, kechagi ko‘rsatkich avvalgi yildagidan 5,8 foiz ortiq bo‘ldi. Bundan oldin 2023-yil 12-iyul kuni Respublika bo‘yicha jami iste’mol 247,5 million kVt/soatni tashkil etib, rekord ko‘rsatkich yangilangan edi.

Shu bilan birga, 26-iyul kuni elektr energiyasi iste’molining soatlik talabi qariyb 12 300 MVtni tashkil qildi. Bu 2022-yilning shu kundagi holatiga nisbatan 1 500 MVt (+14,1 foiz) ko‘pdir.

2022-yilda maksimal elektr energiyasi iste’moli 27-iyulda qayd etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 239 million kVt/soatni, kunduzgi iste’mol quvvati 10 800 MVtni tashkil qilgan.

Energetika tizimidagi elektr stansiyalari tomonidan kunlik elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 243,9 million kVt/soatni tashkil etdi. Bu 2022-yilning shu kungi holatiga nisbatan 21,5 mln kVt/soat (9,6 foiz) ko‘pdir.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda kuzatilayotgan anomal issiq ob-havo elektr uzatish tarmoqlarining o‘tkazuvchanlik qobiliyati 25 foizgacha pasayishiga olib keladi. Bu, birinchi navbatda, tarmoqlarning fizik xususiyatlariga bog‘liq bo‘lib, bunday hollarda zarur chora sifatida tarmoqda majburiy cheklov kiritilmasa, yirik hajmdagi avariyalarga sabab bo‘lishi hech gap emas.

“Isteʼmolchilardan tarmoqda keng ko‘lamli nosozliklar yuzaga kelishining oldini oladigan, ancha uzoq vaqt tuzatishni talab qiladigan holgacha yetib bormaslik uchun qisqa muddatga elektr energiyasini uzib turishga to‘g‘ri keladigan bunday zaruriy choralar bugun o‘ta muhim ekanligini to‘g‘ri tushunishlarini va qo‘llab-quvvatlashlarini so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, qat’iy tejamkorlikka amal qilib, zarurat bo‘lmagan hollarda elektr asboblaridan foydalanmaslik orqali fuqarolar tizimda yuklamaning ortishini, avariyalar va uzilishlarning ko‘plab sodir bo‘lishini oldini olishga katta hissa qo‘shadi.

Mavzuga doir
Izoh

Bahodir Umarov

27.07.2023, 20:26

To‘g‘ri tushunishga tushunamizkuya. Evi bilan cheklash kerakda. Kun davomida umumiy hisobda 1,5 soat elektr berishayapti. Qanday ishlash mumkin bunday sharoitda. Masalan bugun tushgacha 35 daqiqa, tushdan keyin bo‘lib-bo‘lib 1 soatu 20 daqiqa elektr berishdi. Bu shunchaki insonlarni ustidan kulish, boshqa narsa emas.

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »