Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘iziston Davlat tili milliy komissiyasi raisi Qanibek Osmonaliyev davlat va munitsipal xizmatchilar qirg‘iz tilini bilishini tasdiqlay olmasa, yangi qonunga binoan ishdan bo‘shatilishini aytdi.

Foto: “24.kg”

Qanibek Osmonaliyevning taʼkidlashicha, yangi qonundagi qirg‘iz tilini bilishi shart bo‘lgan kasb egalari ro‘yxatini o‘z ichiga olgan modda atrofida bahs ketmoqda. Chunki ular orasida shifokorlar va o‘qituvchilar bor, lekin ular davlat xizmatchilari hisoblanmaydi.

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 17-iyul kuni “Qirg‘iziston Respublikasining davlat tili to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonunni imzolagan edi. Unda davlat xizmatchilari va yana qator soha vakillari uchun qirg‘iz tilini bilish majburiy etib qo‘yilgan.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ushbu qonunni “demokratiyaga zid”, deb atadi.

Osmonaliyevning so‘zlariga ko‘ra, “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun Qirg‘izistonda rus tilining o‘rni va maqomiga putur yetkazmaydi.

“Rus tiliga bizchalik bag‘rikeng bo‘lgan birorta davlatni bilmayman. Rus tiliga hurmat va demokratik munosabatda hatto Belarus bizdan ortda qolmoqda. Vaholanki, ular slavyan millatiga mansub. Rossiya rasmiylari Qirg‘izistonda til o‘zgartirilayotganini aytishmoqda. Qonunning 2-moddasiga qarang, unda rus tili rasmiy til sifatida qo‘llanishi aniq qilib aytilgan. Yoki bu haqda 100 marta yozishimiz kerakmi? Xuddi shu qoida Qirg‘iziston Respublikasi Konstitutsiyasida ham mavjud. Boshqa hech qaysi respublikada bunday emas. Qirg‘iziston tillardan erkin foydalanish tamoyiliga amal qiladi. Har bir fuqaro o‘z ona tilini rivojlantirish uchun sharoit yaratishga haqli”, — dedi Osmonaliyev.

Avvalroq Sadir Japarov ham “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonunda rus tiliga nisbatan diskriminatsiya yo‘qligini tushuntirgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »