Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Saudiya Arabistonining F-15SA qiruvchi samolyoti Xamis Mushaytda mashg‘ulot parvozi chog‘ida halokatga uchragan, bortda bo‘lganlarning bari halok bo‘lgan. Bu haqda Al-Arabiya xabar berdi.

Foto: Al-Arabiya

Saudiya Arabistoni Qirollik havo kuchlarining jangovar samolyoti Qirol Xolid aviabazasining mashg‘ulot maydoniga qulagan.

Brigada generali al-Malikiy samolyot ekipaji halok bo‘lganiga to‘xtalar ekan, “Alloh ularga rahm qilsin, solih shahidlardan qabul qilib, oilalari va yaqinlariga sabr hamda tasalli bersin”, degan.

Ta’kidlanishicha, tergov qo‘mitasi hozirda avariya sabablarini o‘rganishga kirishgan.

Ikki kun avval (25-iyul) Gretsiyada o‘rmon yong‘inlarini o‘chirayotgan samolyot halokatga uchragandi. Aviatexnika Yevropa Ittifoqi yirik miqyosdagi o‘rmon yong‘inlarini o‘chirish uchun Gretsiyaga jalb qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »