Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Davlat rahbari Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanidagi “Xitoy” mahallasida bo‘lib, aholi turmushi bilan yaqindan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: "Daryo" / Madina Nurman

Bu yerda 2 ming 800 nafarga yaqin aholi yashaydi. Odamlar tomorqadan unumli foydalanadi. Ayollar tikuvchilik bilan shug‘ullanadi. Chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik ro‘zg‘orlarga baraka kiritgan. O‘ndan ortiq savdo do‘konlari, mebelsozlik korxonasi, sartaroshxona, tikuvchilik va hunarmandchilik ustaxonalarida aholi ish bilan band. Shuningdek, yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun yaxshi sharoit bor. Mahallada oxirgi ikki yilda birorta jinoyat sodir etilmagan.

Foto: "Daryo" / Madina Nurman

Davlat rahbari shu yerlik Abdug‘affor Halilov xonadonida bo‘lib, mahalla vakillari bilan suhbatlashdi.

“Bugun kelib, Farg‘onadagi rivojlanishni, mahallalardagi sharoitni ko‘rib xursand bo‘ldim. Islohotlarni har bir inson o‘z hayotida his qilishi uchun hamma ishlarni quyi tizimda tashkil etyapmiz. Farg‘ona viloyatida 1062 ta mahalla bor. Ulardagi muammolarni, muhtoj oilalarning talab-istaklarini joyida hal etib, odamlarni rozi qilish zarur. Barcha rahbarlar dunyoqarashini o‘zgartirib, xalqimizga munosib bo‘lib, mehnat qilishi kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Foto: "Daryo" / Madina Nurman

Suhbatda nuroniylar so‘nggi yillarda mahalla qiyofasi yaxshilangani, “Ochiq budjet” tashabbusi orqali ko‘chalar obod bo‘lganini aytdi. Xususan, 5 kilometr ichki yo‘lga asfalt yotqizilgan. Elektr tarmoqlari va transformator yangilangan.

Prezident suhbatda bildirilgan fikrlarni qo‘llab-quvvatlab, mahalla idorasini taʼmirlash, maktab uchun qo‘shimcha bino qurish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Yoshlarni o‘qitish va hunar o‘rgatish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish muhimligi haqida so‘z yuritildi.

Foto: "Daryo" / Madina Nurman

Prezidentning Farg‘ona viloyatiga tashrifi

Shavkat Mirziyoyev aholi hayoti, hududlar iqtisodiyoti bilan tanishish maqsadida 27-iyul kuni Farg‘ona viloyatiga keldi. Davlat rahbari tashrifni “Xayrullo Bahrom Boymatov” fermer xo‘jaligi tomonidan 75 gektarda tashkil etilgan uzumchilik plantatsiyasiga kelish bilan boshladi. 

Shundan so'ng Qo‘qon shahrida prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda prezident to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb qilish bo‘yicha Farg‘ona viloyatidagi ayrim tuman va shaharlarning ko‘rsatkichlari qoniqarsizligini ko‘rsatib o‘tdi, sanoat hajmi bo‘yicha respublikada 12-o‘ringa tushib qolgani tanqid qilindi, qator hokimlar va boshqarma boshliqlari lavozimidan ozod qilindi, tumanlarning barchasi yil yakunigacha 100 mln dollardan investitsiya jalb qilishi mumkinligi aytildi, Quvada loyihalar ishga tushishi natijasida 10 mingdan ziyod ish o‘rni yaratish mumkinligi va bu loyihalar hisobiga xorijdagi 6 ming nafar migrantimizni qaytib kelishi uchun muhit yaratilishi qayd etildi

Shuningdek, davlat rahbari viloyatda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish masalasiga alohida to‘xtalib, bu boradagi ishlar ahvoli qoniqarsizligini tanqid qildi. Faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklar uchun Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i M.Jo‘rayev lavozimidan ozod etildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »