Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida kredit mablag‘larining talon-toroj qilish holatlari aniqlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Qayd etilishicha, departamentning Chirchiq shahar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda “H.G.”, “A.H.” va “Ch.Z.” MCHJ rahbarlari hududiy tijorat banki filiali masʼul shaxslari bilan o‘zaro til biriktirib, “Avtobetononasos” transport vositasini sotib olish uchun ajratilgan 3,2 milliard so‘m kredit evaziga ushbu transport vositasini sotib olmasdan, rasmiy hujjatlarga soxta maʼlumotlar kiritish orqali ushbu mablag‘larni naqdlashtirib olib talon-toroj qilgani aniqlangan.

Shu kabi, departamentning Boysun tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.B.” MCHJ rahbari O‘.M. hududiy tijorat banki filialidan chorvachilikni rivojlantirish uchun ajratilgan 1,1 milliard so‘m imtiyozli kredit evaziga xorijdan olib kelingan 528 ta nasldor chorva mollarini boshqa shaxslarga naqd pulga sotib yuborib, ushbu mablag‘larni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bundan oldin Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida elektr ta’minoti uchun iste’molchilardan undirilgan 738 million so‘m o‘zlashtirilgani aniqlangandi. Shuningdek, Qoraqalpog‘istonda davlat dasturi doirasida ajratilgan kredit mablag‘lari talon-toroj qilingani, Buxoroda 165 mln so‘mlik kredit mablag‘larini o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan hokim yordamchisi ushlangani to‘g‘risida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »