Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Prezident 2022-yilning 4-aprelida “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzolagandi. Hujjat kuchga kirgandan buyon Toshkent shahrida qaror ijrosi bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirildi? “Daryo” so‘roviga binoan shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Nilufar Madiyeva poytaxtda 2023-yilning yanvar—iyun oylarida yo‘llarda odam o‘limini kamaytirish bo‘yicha qilingan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Aytilishicha, piyodalar bilan bog‘liq YTHlarning oldini olish maqsadida aholi gavjum bo‘lgan joylardagi yo‘llarga tugmali-chaqiruv svetoforlari o‘rnatilgan. 

“Piyodalar o‘tish joyidagi yo‘l chizmalari muntazam ravishda yangilanmoqda. Tezlik o‘lchash moslamalarining soni ko‘paytirilmoqda. Mazkur tadbirlarni amalga oshirish natijasida qo‘pol qoidabuzarliklar sirasiga kiruvchi tezlikka rioya qilmaslik oqibatida sodir bo‘lgan YTHlar soni o‘tgan davrga nisbatan 39 foizga kamaygan”, — deydi Nilufar Madiyeva.

Ta’kidlanishicha, Toshkent shahrida 2023-yilning dastlabki 6 oyi davomida 558 ta YTH sodir bo‘lgan bo‘lib, ularda halok bo‘lganlar soni o‘tgan davrga nisbatan 20 foizga kamaygan.

“Yana bir yangiliklar — poytaxtimizdagi har bir mahallaga YHXB xodimi biriktirildi. YHXB xodimi mahalla faollari bilan hamkorlikda o‘zini yo‘nalishi bo‘yicha shu hududdagi muammolarni birgalikda hal etib, nazorat qiladi”, — deya qo‘shimcha qildi IIBB matbuot xizmati rahbari.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »