Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Vagner” Belarusdagi lagerida 750 dan ortiq harbiy texnikalarini saqlamoqda. Ularning sun’iy yo‘ldoshdan olingan surati namoyish qilindi.

Foto: AFP

Vagnerchilarning harbiy texnikasi Osipovitskiy tumanidagi qishloqda qayd etilgan. Tasvirlar orqali ularning soni taxminan 754 tani tashkil qilmoqda. Ular orasida harbiy texnika kam ekanligi aytilmoqda.

Lager hududida quyidagi texnikalarni ko‘rish mumkin:

  • 62 ta yuk mashinasi;
  • UAZ pikaplari, furgonlar, UAZ mikroavtobuslari, Gazelle mikroavtobuslari, UAZ Patriotlar, yengil avtomobillarga o‘xshash 534 ta transport vositasi;
  • 33 ta turli xil modifikatsiyadagi avtobuslar;
  • 99 ta turli xil yuk mashinalari, jumladan, asosan qurilish uskunalari bo‘lgan platformalar;
  • 26 ta harbiy yuk mashinasi yoki shunga o‘xshash o‘lchamdagi transport vositalari. Bu Ural, Kamaz yoki zirhli transport vositalari bo‘lishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, 19-iyuldan beri texnikalar soni taxminan 269 taga oshgan. Quyidagi suratlar orqali harbiy texnikalar soni oshganini ko‘rish mumkin:

“Vagner” kuchlarining Belarusga joylashtirilishi haqidagi xabarlardan keyin Polsha sharqiy chegaralarini mustahkamlay boshladi. Iyul oyi boshida Varshava 1 000 nafar askar va deyarli 200 ta harbiy texnikani Belarus bilan chegaradosh Podlyashe viloyatiga jo‘natishini e’lon qildi.

“Vagner” bo‘linmalari esa Belarusning Osipovichi shahridan 20 kilometr uzoqlikdagi lagerga joylashtirildi. Polsha razvedkasi qo‘shni respublika hududida bir necha yuzlab “vagnerchi”lar borligi haqida xabar berdi. Belarusda “Vagner” instruktorlari mahalliy harbiy xizmatchilarni o‘qitmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »