Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Anvar Davletov Xorazm viloyati hokimining o‘rinbosari — viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati

Anvar Davletov tayinlovga qadar Yangiariq tumani hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat yuritgan.

Aprel boshlarida Siroj Bekchanov Xorazm viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi. Shuningdek, 1-aprel kuni Xorazm viloyatining Urganch, Qo‘shko‘pir, Bog‘ot, Tuproqqal’a tumanlariga yangi hokimlar tayinlangan edi.

31-mart kuni Jo‘rabek Rahimov Xorazm viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlangandi. 2022-yil dekabrda Farhod Ermanov Xorazm viloyati hokimi lavozimidan ozod etilib, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi lavozimiga tasdiqlanganidan buyon Rahimov Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »