Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Abrams tanklarining birinchi partiyasini Ukraina frontiga 2023-yil sentabrda yetkazib berishi mumkin, deb yozmoqda Politico.

Foto: U.S. Marine Corps

Nashrning masaladan xabardor manbalari ma’lum qilishicha, avgust oyida AQSH hukumati tanklar partiyasini Germaniyaga jo‘natishni rejalashtirgan, u yerda texnikalar yakuniy ta’mirdan o‘tadi va keyin Ukrainaga yetkaziladi.

Suhbatdoshlarning so‘zlariga ko‘ra, birinchi partiya tarkibida oltitadan sakkiztagacha tank bo‘ladi. Jami hisobda AQSH Kiyevga 31 ta Abrams tanklarini yetkazib berishni o‘ylamoqda, bu Ukraina armiyasining bitta tank batalyonini tashkil qiladi.

Shu bilan birga gap tanklarning M1A1 eski modeli haqida ketmoqda, chunki zamonaviyroq A2 modelini yetkazib berish bir yil vaqt oladi, deb ta’kidlaydi Politico.

Ukraina qo‘shinlari tanklardan foydalanishni boshlashdan oldin taxminan 10 haftalik mashg‘ulotlardan o‘tishi kerak edi. Mashqlar avgust oyida yakunlanishi rejalashtirilgan, dedi Politico suhbatdoshlaridan biri. Uning qo‘shimcha qilishicha, mashg‘ulotlar Germaniyadagi Grafenver harbiy bazasida o‘tkazilmoqda.

25-yanvar kuni AQSH prezidenti Jo Bayden Abrams tanklari Ukrainaga jo‘natilishini ma’lum qildi. Bitta texnika narxi 10 million dollarga baholangan. Mashg‘ulotlarga mo‘ljallangan tanklar Germaniyaga may oyida yetkazib berildi, o‘sha oydan Ukraina harbiylarini ularni boshqarishga o‘rgatish boshlandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »