Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Senati 2024-yil uchun rekord darajadagi 886 milliard dollarlik milliy mudofaani moliyalashtirish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. Bu haqda Amerika ovozi xabar berdi.

Qonun ma’qullangach, Kongressning har ikki palatasi murosa topishi va hujjat versiyasini kelishib olishi kerak.

Foto: AQSH Mudofaa vazirligi
“Ushbu qonun loyihasi Xitoy va Rossiya kabi raqiblarga qarshi raqobatimizni birinchi o‘ringa qo‘yish uchun eng katta imkoniyatdir. Bu bizning Bayden ma’muriyati diqqatini Amerikaning harbiy-sanoat bazasini tiklash kabi muhim masalalarga qaratishimiz uchun imkoniyat”, — dedi Senatdagi ozchilik rahbari Mitch MakKonnell.

Qonun loyihasi, shuningdek, Ukraina uchun 300 million dollar ajratish va bir qancha muhim bandlarni o‘z ichiga oladi, masalan, sun’iy intellekt va yarimo‘tkazgichlar kabi Xitoyning ayrim korxonalariga AQSH sarmoyasini cheklash va harbiylarning maoshlarini 5,2 foizga oshirish.

Shu bilan birga, Senat ikki partiya tomonidan qo‘llab-quvvatlangan bir nechta takliflarni rad etdi. Ular qatoridan demokrat senator Emi Klobucharning “Tolibon” hukmronligidan so‘ng AQSHga ko‘chib kelgan 80 ming afg‘onga yashash ruxsatnoma taqdim etish joy olgan.

Bundan tashqari respublikachilarning Ukrainaga yordam ko‘rsatish bo‘yicha bosh inspektor lavozimini yaratishga urinishi ma’qullanmagan. Yordam berish bilan shug‘ullanadigan inspektorlarning lavozimlari allaqachon ma’lum davlat idoralarida mavjud.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »