Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Joriy yilning 6 oyida banklar tomonidan 116 trillion so‘mlik, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,3 barobarga ko‘p kreditlar ajratilgan. Bu haqda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov OAV vakillari bilan suhbatda ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.  

Mamarizo Nurmurodovning aytishicha, iyun oyi yakunlari bo‘yicha aholiga ajratilgan kreditlar (46 trillion so‘m) o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,7 barobarga o‘sgan. Bunda, aholining avtokreditlar, mikroqarz, mikrokredit hamda ipoteka kreditlariga talabi yuqori bo‘lgan.

“Ushbu holat uy-xo‘jaliklari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlarda ham qayd etildi. Respondentlarning aksariyati kelgusida uy-joy, mebellar, maishiy texnika hamda avtomobillar xaridi uchun kreditlar olishini va xarajatlari ko‘payishini maʼlum qilgan. Chakana kreditlarga bo‘lgan talabning ortib borishiga aholining kelgusidagi daromadlari o‘sishi bo‘yicha ishonchlarining oshayotgani asosiy sabablardan bo‘lmoqda. Ajratilayotgan kreditlar, asosan, isteʼmolni qo‘llab-quvvatlovchi xususiyatga ega ekani kelgusida talab inflyatsiyasining uzoqroq muddat saqlanib qolishi bo‘yicha signallar bermoqda. Ushbu segmentda ‘iqtisodiy qizish’ning oldini olish uchun makroprudensial talablar kuchaytirildi va chakana kreditlarning yillik o‘sish surʼatlari iyun oyida o‘tgan oylardagi ko‘rsatkichlarga nisbatan biroz sekinlashdi”, — dedi Mamarizo Nurmurodov.

Ma’lum qilinishicha, iyun oyida kredit va depozit bozorlarida o‘rtacha foiz stavkalar (22,6 foiz va 19,8 foiz) o‘tgan oylardagi ko‘rsatkichlarga nisbatan o‘zgarishlarsiz shakllandi. Ayni paytda kreditlar bo‘yicha dollarlashuv darajasi 2 foiz bandga pasayib, 44 foizni tashkil qilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »