Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi fotoradarlar va intellektual kuzatuv kameralariga oid ochiq maʼlumotlarni tahlil qildi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Prezidentning 2021-yil 16-iyundagi farmoni bilan tasdiqlangan Ochiq maʼlumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlar ro‘yxatiga muvofiq, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari o‘rnatilgan aniq manzillar, individual tartibda har bir dasturiy-texnik vositasi qayd etadigan yo‘l harakati qoidalari buzilishi turi to‘g‘risidagi maʼlumotlar ochiq eʼlon qilinishi belgilangan.

Shunga ko‘ra, IIV tomonidan 25-iyul holatiga ko‘ra respublika hududida ishga tushirilgan onlayn fotoradar va intellektual rejimda ishlovchi kameralar to‘g‘risida eʼlon qilingan maʼlumot agentlik tomonidan tahlil qilindi.

Maʼlum bo‘lishicha, bugungi kunda respublika bo‘yicha jami 746 ta onlayn rejimida ishlovchi fotoradar va intellektual rejimida ishlovchi kameralar ishga tushirilgan.

Foto: Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 

Shuningdek, fotoradarlar va intellektual rejimida ishlovchi kameralarning 23 tasi yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishini nazorat qiluvchi, 723 tasi ruxsat etilgan harakatlanish tezligiga hamda yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishini nazorat qilishga mo‘ljallangan statsionar radarlarni tashkil etadi.

Batafsil ma’lumotlar bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »